BUXORO XALQARO UNIVERSITETI REKTORI, XALQARO PSIXOLOGIYA FANLARI AKADEMIYASINING VITSE-PREZIDENTI. PSIXOLOGIYA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR.
Elektron pochta manzili:
buxpxti@gmail.com
Telefon raqam:
+998 55 309-99-99
Qabul kunlari:
Dushanba-shanba
Baratov Sharif Ramazanovich Buxoro xalqaro universiteti rektori 1960-yil 22-martda Oʼzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani Talicha qishlogʼida tugʼilgan. U 1977-yilda Kogon tumanidagi 7-umumtaʼlim maktabini, 1983-yilda esa Buxoro davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, shu institutning Psixologiya kafedrasi oʼqituvchisi sifatida ishga qabul qilingan.
1985-1987-yillarda Moskvadagi Umumiy va pedagogik psixologiya institutining ilmiy tadqiqotchisi, 1987-1990-yillarda shu institutning aspiranturasida oʼqib, 1990-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan 1991-2021-yillarda Buxoro davlat universitetida Psixologiya kafedrasi oʼqituvchisi, kafedra mudiri, fakultet dekani, ilmiy ishlar prorektori lavozimlarida samarali faoliyat koʼrsatgan. Shu orada bir muddat (2002-2006 y.y) viloyat hokimining tavsiyasiga koʼra, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat boʼlimi rahbari lavozimida ham ishlagan.
2021-yildan hozirgi kunga kadar Buxoro xalqaro universiteti taʼsischisi va rektori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Universitet Haqida
Rektor Ofisi
Xodimlar
Infratuzilma