BUXORO XALQARO UNIVERSITETI HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning 2021 - yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo'yicha 4 - sonli bayonining 98 - bandiga asosan tashkil etilgan.
Oliygoximizda bugungi kunda 3 ta kampus umumiy hisobda 6000 o`rinli o`quv binosi hamda 420 o`rinli talabalar yotoqxonasi mavjud. Bizda jami 16 ta bakalavr, 8 ta magistratura hamda 6 ta ta`lim shakli bo`yicha DOKTORANTURA (Psixologiya, Filologiya, Pedagogika fanlari bo'yicha) mavjud.
2021 yildan buyon "Raqamli ta`lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi" bilan tuzilgan shartnoma asosan talabalarimiz hisoboti "HEMIS" platformasida olib boriladi. Hozir kunda 3 marotaba Magistratuta ta`limy o`nalishini bitirgan talabalarga diplomlar taqdim etildi.

Oliygohimiz 4 yil davomida yuqori natijalarga ya'ni talabalar soni oshganligi, o'quv binolari ko'payganligi, talim sifati jahon talablariga javob bera olishi, ilmiy salohiyat 69 % ga yetganligi, ta'lim yo'nalishlar soni 24 ga yetganligi, oliy ta'limdan keyingi ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziyaga ega bo'lganligi psixologiya bo'yicha ilmiy kengash tashkil qilinganligi, xalqaro ilmiy jurnallar muallifligini qo'lga kiritganligi tufayli 2025 yilning 28 mart kunidan boshlab oliygoh nomi BUXORO XALQARO UNIVERSITETI nomiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli litsenziyasiga asosan o'zgartirildi.