Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori, psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro psixologiya akademiyasining akademigi Baratov Sharif Ramazanovich ochib berdilar. Xalqaro psixologlar kuni tom ma’noda institut bayrami hisoblanadi chunki Institut avvalombor Respublikada professional psixologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasidir. Qolaversa nafaqat Buxoroda balki Respublikada taniqli psixolog olimlar ham shu yerda faoliyat olib borishlari sababi bilan talabalarning katta qismini psixologlar tashkil etadi.