BUXPXTI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo’yicha 4-sonli bayonning 98-bandi ijrosini ta’minlash hamda milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish, oliy ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali raqobat muhitini hosil qilish hamda oliy malakali kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, aholining turli qatlamlariga, oilalarga, yoshlarga va mehnat jamoalariga psixologik xizmatlar ko’rsatish sifatini yaxshilash, o’quv jarayonini amaliyot va ilmiy tadqiqot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2021-yilning 29-oktabrida berilgan № OT 0037 litsenziya asosida  “Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti” tashkil etildi.

 

BUXORO PSIXOLOGIYA XORIJIY TILLAR INSTITUTI MAQSADI

Global istiqbol: Jahonning yetakchi 1000lik OTMlari ro’yxatidan o’rin olish va buning uchun global bozorlar rivojlanish dinamikasi va asosiy trendlari, xalqaro va xorojiy biznes amaliyotlari va me’yorlar haqidagi bilimlarni ta’lim tizimiga to’liq joriy etish.

Оsiyoda mintaqaviy istiqboli: Osiyoning yetakchi OTMlari ro’yxatidan o’rin olish va buning uchun Osiyoning innovatsiyaviy tajribasi, o’ziga xos madaniyatlarni va ijodiy menejmentlarini ta’lim tizimiga to’liq joriy etish orqali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek fundamental va ijtimoiy tajriba  amaliyotlariga  asoslangan  ta’lim tizimini rivojlantirish.

Milliy istiqbol: O’zbekistonning yetakchi OTMlari ro’yxatidan o’rin olish va buning uchun zamonaviy talablarga  javob beradigan professional  yuqori malakali va xalqaro ta’lim va mehnat standartlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish  hamda ilmiy tadqiqot  ishlarini rivojlantirish.

2021-2022 o’quv yilida institutda 338 nafar talaba 1-bosqichda ta’lim olmoqda.

 

Shundan :

Kunduzgi bakalavr- 60111800 — Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili ) ta’lim yo’nalishida  49 nafar talaba 

60112600 — Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo’nalishida  43 nafar talaba

60310903 — Psixologiya (Amaliy psixologiya) ta’lim yo’nalishida  54 nafar talaba

60310904 — Psixologiya (Oila psixologiyasi) ta’lim yo’nalishida 31 nafar talaba 

 

Magistr- 70110903 — Psixologiya (Faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligida 19 nafar magistr tahsil olmoqda.

 

Sirtqi bakalavr- 60310903 — Psixologiya (Amaliy psixologiya) ta’lim yo’nalishida  95 nafar talaba

60310904 — Psixologiya (Oila psixologiyasi) ta’lim yo’nalishida 48 nafar talaba tahsil olmoqda .

 

                           

Menu