Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi toʼgʼrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

Mazkur Nizom «Taʼlim toʼgʼrisida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy taʼlim sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

(2-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 655-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021 y., 09/21/655/0989-son)

Oldingi tahrirga qarang.

21. Xorijiy fuqarolarning oʼqishini xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʼchirish (tiklash) suhbat asosida amalga oshiriladi. Ularning toʼlov-kontrakt mablagʼlari miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

(21-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini taʼminlash maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʼlgan vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalarning saytlarida alohida maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Maʼlumotlar bazasi mazkur Nizom, hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʼyxati va ularga topshiriladigan hujjatlar namunalari, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlganlar uchun sinovlarni oʼtkazish muddatlari, manzili aks ettirilgan jadvaldan tashkil topadi.

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

2-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish va qayta tiklashda (keyingi oʼrinlarda talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash deb ataladi) taʼlim yoʼnalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil boʼlganda bunday taʼlim yoʼnalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.

Oliy taʼlimning turdosh taʼlim yoʼnalishlari roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

(4-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Talabalar oʼqishini koʼchirish yoki qayta tiklash:

oliy taʼlim muassasalari;

tizimida oliy taʼlim muassasalari boʼlgan vazirliklar va idoralar;

Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʼrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.

(5-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdosh yoʼnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʼyicha talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash shu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʼi asosida amalga oshiriladi.

(6-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagi hollarda talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʼysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

oliy taʼlimning mos va turdosh yoʼnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʼyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy taʼlim muassasasiga;

oliy taʼlimning mos va turdosh yoʼnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʼyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga.

(7-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagi hollarda talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʼlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;

bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik yoki idora yoxud turli vazirliklar va idoralar tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʼlmagan taʼlim yoʼnalishlariga va istisno tariqasida mos boʼlmagan mutaxassisliklariga.

(8-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagi holatlar fuqaroning oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʼladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʼlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʼqiganlarga;

respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan oʼzga (boshqa) taʼlim shaklida oʼqiganlarga;

oliy taʼlim muassasalarining markazlari, boʼlimlari, oʼquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʼqiganlarga;

birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda oʼqishni koʼchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, oʼqigan taʼlim yoʼnalishi mavjud boʼlmaganda koʼchirib tiklash holatlari bundan mustasno);

oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yoʼnalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud boʼlmasa;

namunaviy oʼquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʼyicha farqlar 4 tadan oshganda;

toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga tavsiya etilganlar toʼlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

talabaning shaxsiy yigʼma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida koʼchirish va qayta tiklash davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʼsh oʼrinlar mavjud boʼlmasa;

oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʼnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;

kechki (smenali) taʼlimdan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga hamda kechki (smenali) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga;

talaba Oʼzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʼzaro kelishuvi asosida qabul qilinib qoʼshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʼlsa (mazkur qoʼshma dasturning oʼzi bundan mustasno);

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Fuqaroning oʼqishini koʼchirish (qayta tiklash) boʼyicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani koʼrib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada koʼrsatilgan manzilga, arizani koʼrib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob xati yoʼllanadi.

(9-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Talabalarning oʼqishini koʼchirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) belgilangan tartibda oʼquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy oʼquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʼyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), oʼqitish kursi (semestri) hamda oʼqishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.

(10-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab oʼqishning bir oʼquv yiligacha boʼlgan muddatni xorijiy oliy taʼlim muassasasining yurisprudentsiya yoʼnalishida oʼqish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy taʼlim muassasasida oʼqigan davri va oʼzlashtirgan fanlari xorijiy oliy taʼlim muassasasi maʼlumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet oʼquv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini oʼzlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga oʼqishini tegishli oʼquv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.
Toʼlov-kontrakt asosida talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklashda toʼlov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʼlov mablagʼlari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat oliy taʼlim muassasalarida oʼqishni koʼchirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklashni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaboʼyicha amalga oshiriladi.

3-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʼqishini koʼchirish (keyingi oʼrinlarda Talabalar oʼqishini koʼchirish deb ataladi) boʼyicha arizalarni topshirish va koʼrib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:

oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan koʼrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.

(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Talabalar oʼqishini koʼchirish uzrli sabablarga koʼra (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush oʼrtogʼi doimiy yashaydigan (pasport boʼyicha doimiy roʼyxatdan oʼtgan) hududga koʼchib oʼtganda, turmush oʼrtogʼi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʼtash joyini oʼzgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush oʼrtogʼi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʼquv mashgʼulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:

(15-bandning toʼrtinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

oʼqishini koʼchirish boʼyicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizani koʼrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

Talabalarning oʼqishini koʼchirish haqidagi arizalari mos ravishda:

ushbu Nizomning 6-bandida koʼrsatilgan holatlar yuzasidan — oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʼrsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi talabalar oʼqishini koʼchirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Davlat komissiyasiga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yoʼllaydi.

(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oʼqishini koʼchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Oldingi tahrirga qarang.

koʼchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʼnalishi (mutaxassisligi), oʼquv tili va shakli koʼrsatilgan holdagi ariza (arizada oʼqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʼnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʼyicha oʼqishga kirmaganligi, koʼchirish (qayta tiklash) sabablari, koʼchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʼrsatiladi);

(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;

pasportning nusxasi.

Talabalar oʼqishini koʼchirish haqidagi arizani koʼrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ushbu Nizomning 6-bandida koʼrsatilgan holatlar boʼyicha ariza koʼrib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan maʼlum qilinadi;

ushbu Nizomning 7-bandida koʼrsatilgan holatlar boʼyicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan koʼrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinadi;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizomning 8-bandida koʼrsatilgan holatlar boʼyicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan koʼrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.

(18-bandning toʼrtinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Nizomning 7-bandida koʼrsatilgan holatlar boʼyicha arizalar koʼrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʼllaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Nizomning 8-bandida koʼrsatilgan holatlar boʼyicha arizalar koʼrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʼllaydi.

(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʼi bilan oʼqishi koʼchirilayotgan talaba darslarga qoʼyiladi hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasiga uning shaxsiy yigʼma jildini joʼnatish uchun soʼrovnoma yuboriladi.

(19-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Soʼrovnoma olingandan soʼng, talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrugʼi asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yigʼma jildi (roʼyxati bilan) uni oʼqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʼnatiladi yoki ariza bilan oʼqishi koʼchirilgan talabaga beriladi.

Shaxsiy yigʼma jild joʼnatilishi mumkin boʼlmagan hollarda (yopiq yoʼnalishlar va mutaxassisliklar boʼyicha kadrlar tayyorlash) oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma talabani oʼqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʼnatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oʼqishi koʼchirilishiga ruxsat etilgan talabaning maqsadli qabul asosida oʼqiyotganligi oʼqib turgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida oʼqiyotganligi aniqlangan taqdirda soʼrovnoma yuborgan oliy taʼlim muassasasiga hamda talabaga mazkur talabaning oʼqishi koʼchirilishi mumkin emasligi toʼgʼrisida uch kun muddatda tegishli xat yoʼllanadi.

(20-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʼldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasida uning akademik maʼlumotnomasi, reyting daftarchasi, oʼquv kartochkasi, shuningdek joʼnatilayotgan hujjatlar roʼyxatining nusxasi qoldiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oʼqishning barcha shakllari boʼyicha oliy taʼlimning mos va turdosh yoʼnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʼyicha davlat grantlari oʼrinlariga koʼchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga koʼra oliy taʼlim muassasalarida tegishli oʼquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.

Koʼzi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi boʼlgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar oʼqishini oliy taʼlimning mos va turdosh taʼlim yoʼnalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida koʼchirilishiga ruxsat etiladi.

Boshqa hollarda, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirish toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

(22-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishini Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʼchirish va koʼchirib qayta tiklash istagini bildirgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda oʼqishi koʼchirilayotgan oliy taʼlim muassasalarining muayyan taʼlim yoʼnalishidagi oʼqishga kirish fanlari boʼyicha oʼqiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

Turmush oʼrtogʼi yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini oʼtash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasiga oʼtkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga oʼqishga yuborilganlarning oʼqishini Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʼchirish maxsus sinovlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan koʼrsatilgan oʼquv shaklidagi guruhlarga toʼlov-kontrakt asosida koʼchiriladi.

Koʼchirilayotgan oliy taʼlim muassasasida tegishli oʼqitish tili mavjud boʼlmasa, oʼqitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.

(23-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

231. Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʼyxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning oʼqishi Davlat komissiyasi qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga sinovlar (test, yozma ish)siz toʼlov-kontrakt asosida koʼchiriladi.

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʼyxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy taʼlim muassasalari roʼyxati har yili Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

232. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʼqishini Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʼchirilishiga ruxsat etilmaydi.

(231 va 232-bandlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning talabani belgilangan tartib va muddatda darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʼgʼrisidagi buyrugʼi talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʼma jildi (shaxsiy yigʼma jild joʼnatilishi mumkin boʼlmagan hollarda — akademik maʼlumotnomasi) olingandan keyin rasmiylashtiriladi.

Toʼlov-kontrakt asosida oʼqishi koʼchirilganlarni talabalar safiga oʼqishga qabul qilish toʼgʼrisidagi oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʼi ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma toʼlovlari bajarilgandan soʼng 10 kun muddatda qabul qilinadi.

(24-band Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oʼquv rejalardagi fanlari boʼyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʼqishga qabul qilinadi.

Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy taʼlim muassasasi rektorining talabaga oʼrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrugʼi chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʼyicha farqlarni topshirish koʼrsatkichlari ham hisobga olinadi.

Oliy taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʼlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar oʼqishini koʼchirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Menu