Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-yil 25-noyabr kuni F.F.F.D Dotsent Raxmatova mehriniso Musinovna boshchiligida 1-bosqich talabalari bilan «Mustaqil ta`lim ko’nikmalari» fanidan «Smart Goals» mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Talabalarning o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi juda muhimligi, maqsadlarning tuzilishi, orzu tushunchasidan farq qilishi tushintirildi. Talabalar o’z maqsadlarini SMART maqsadlarga aylantirishda kerakli strategiyalarni o’rganib olishdi. Dars kommunikativ yondashuv asosida CLIL metodiga asoslanib olib borildi.