Qobilova Nargiza Sulaymonovna

Qobilova Nargiza Sulaymonovna

 

Maʼlumoti:  oliy

Ilmiy darajasi: filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori

Ilmiy unvoni:

Ish faoliyati: 23 yil

Pedagogik faoliyati: 23  yil

O’qituvchi haqida ma’lumot

Qobilova Nargisa Sulaymonovna 1977 yil 28 sentabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1994 yilda Buxoro shahridagi 9-son o‘rta maktabni bitirgan. 1999 yilda Buxoro davlat universitetini imtiyozli tamomlagan. 1999-2011 yillar BuxDU Ingliz filologiyasi kafedrasi  o‘qituvchisi, 2015-2021 yillarda Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021dan buyon ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm” mavzusidagi dissertasiyasini 18.09.2020 yil Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.fil.72.03 raqamli ilmiy kengash muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Malaka oshirish

2019 yil 1 noyabrdan 30 noyabrgacha  O`zDJTU huzuridagi RIAIM da filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishida malaka oshirgan.

 

Dars o’tadigan fanlari

  • Lingvistik tahlil metodlari.
  • Nazariy fonetika.
  • Nazariy grammatika.
  • Roman-german filologiyasiga kirish.
Menu