Buxoro  psixologiya  va   xorijiy  tillar instituti xodimlarining

Odob-axloqqoidalari

  

                           1.Umumiy qoidalar

 

  1. Buxoro  psixologiya  va xorijiy tillar instituti xodimlari (barcha darajadagi rahbarlar, shu jumladan, rektor, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari ning “Odob axloq” qoidalari (keyingi o‘rinlarda“Odob axloq” qoidalari deb yuritiladi) egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar institut tizimi xodimlarining (keyingi o‘rinlarda “xodimlar” deb ataladi) kasbiy axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iborat.
  2. “Odob-axloq” qoidalari huquqbuzarlikning oldini olish, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, davlat xizmatchilarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
  3. Institutga ishga kirayotgan shaxslar “Odob-axloq” qoidalari bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtirilishi shart.
  4. Xodimlar qonun hujjatlari va “Odob axloq” qoidalari talablariga rioya etishlari shart.

“Odob-axloq” qoidalariga rioya etish xodimning kasbiy faoliyatini va xizmatdagi hulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

  1. Xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy prinsiplari va majburiyatlari

 

  1. Xodimlar o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;

davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;

adolatlilik, halollik va xolislik;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

  1. Institut xodimlari quyidagilarga majbur:

– xizmat vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qat’iy rioya etish;

– o‘z xizmat vaziflarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;

– yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (buyruq) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

– o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;

– o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirishda biror shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning ta’siridan mustaqil bo‘lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

– o‘z xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi biror bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarga barham berish;

– normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va ta’qiqlarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

– o‘z xizmat faoliyatiga biror-bir ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga barham berish;

– O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashish;

– o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek, o‘z obro‘siga yoki davlat organining nufuziga zarar etkazishga qodir bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

– xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar faoliyatiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanmaslik;

– xodim yoki xodimga aloqador boshqa shaxs tomonidan institutning muhri, rasmiy blanklaridan foydalangan holda muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlamaslik;

– ishda yuqori professional bo‘lishga bor kuchini sarflash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishda qulay va tejamkor usullarni qo‘llash, o‘ziga biriktirilgan davlat mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, undan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish;

– jismoniy va yuridik shaxslarning har qanday shakldagi (yozma, og‘zaki, elektron) va turdagi (ariza, shikoyat va taklif) murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan muddatlarda ular bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

– amaldagi dasturlar ijrosini ta’minlashda yuqori turuvchi tashkilotlarga noto‘g‘ri ma’lumot bermaslik;

– kompyuterda ish faoliyatiga ta’lluqli bo‘lmagan ma’lumotlar (ko‘ngilochar audio, video dasturlar hamda diniy ekstremistik va terroristik guruh faoliyatiga oid varaqalar, da’vatlar va h.k.) tayyorlamaslik va saqlamaslik, har xil o‘yinlar o‘ynamaslik;

ommaviy axborot vositalari va unga tenglashtirilgan axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda amaldagi konstitutsiyaviy tuzum va institut sha’niga zarar etkazuvchi har qanday shakldagi materiallarni tarqatmaslik;

– Davlat organlariga xabarlarni va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish.

  1. Siyosiy, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik, shuningdek shaxsiy vajlar va boshqa sub’ektiv sabablar xodimlarning qonun hujjatlari talablarini va “Odob axloq” qoidalarini buzish uchun asos bo‘la olmaydi.
  2. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf (sovg‘a yoxud ta’magirlik) ko‘rish taqiqlanadi.
  3. Xodimlar korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.

Xodimlar o‘z rahbari (institut strukturasiga ko‘ra o‘z buysinuvidagi rahbari)ni, yoxud huquqni muhofaza qilish organlarini ularni huqubuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida biror-bir shaxslarning qilgan murojaatlarining barcha holatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan har qanday holatlari haqida o‘rnatilgan tartibda xabardor qilishlari shart.

Institut rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilikning buzilishi faktlari to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr va murojaatdagi tanqidi, xuddi shuningdek, boshqacha shaklda tanqid qilinganligi uchun ishdan bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashi kerak.

  1. Xodimlar kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotning saqlanishini va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishlari shart, oshkor etilganligi uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardirlar.
  2. Institut rektori o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, jamoada ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi, bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi lozim.

 

Rahbarlar:

manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish;

korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish;

xodimlarni samarali boshqarish, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari shart. Rahbarlar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradilar.

  1. Xodimlar o‘zlarining xizmatdagi xulq-atvori bilan jamoada boshqa xodimlar bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etiladi.

Xodimlar xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart, shuningdek o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatishi holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog‘liq holda, xodimlarning tashqi ko‘rinishi fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak.

  1. Xodimlar xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan “Odob axloq”normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

III. Manfaatlar to‘qnashuvi

  1. Xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari shart.

Manfaatlar to‘qnashuvi xodimlarning shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi.

Xodimlarning shaxsiy manfaatlari ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalikka ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘z rahbarini darhol xabardor qilishi kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotni olgan rahbar uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.

  1. Xodimlar o‘zlarining o‘z xizmat vazifalarini sitqidildan bajarishi yoki xizmat vazifalariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi kerak.

Xodimlar har qanday holatlarda ham o‘z xizmat mavqeidan mumkin bo‘lmagan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.

  1. Xodimlar lavozimiga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.

 

  1. “Odob axloq” qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
  2. Xodimlar tomonidan “Odob axloq” qoidalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.
  3. Xodimlar tomonidan “Odob axloq” qoidalariga rioya etilishi attestatsiya (suhbat)lar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zahirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
  4. Ushbu “Odob axloq” qoidalari normalarning buzilishlari maxsus tarkibiy bo‘linma yoki “Odob axloq” komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda:

“Odob-axloq”ning komissiyasi, institut xodimlaridan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi;

“Odob axloq”qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqacha tarzda qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi;

Ayni vaqtda institut rektorining ko‘rib chiqishi uchun qoidalar buzilishini sodir etgan xodimni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritiladi;

Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, “Odob axloq” komissiyasi xodimga nisbatan “Odob axloq” qoidalarining buzilishiga yo‘l quymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanadi;

Institut xodimlari o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish huquqiga ega.

 

O‘quv va ilmiy ishlar  bo‘yicha prorektor                                        D.Sh.Baratova

Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor                                    A.T.Kamolov

Rektor yordamchisi, ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i                        X.Sh.Baratov

Yuristkonsult                                                                                     N.R.Soliev