O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida:
- Maktabgacha ta’lim vazirligi:
- a) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash hamda boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
- b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilsin, jumladan:
xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqsin;
bolalarning o‘sishi hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha “Bolalar bog‘chasi” axborot boshqaruv tizimini ishga tushirsin va unga kiritiladigan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlasin;
maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlarini joriy qilsin;
maktabgacha ta’lim sohasida axborot boshqaruv tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin.
- Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinovni lozim darajada o‘tkazish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga quyidagi vakolatlar berilsin:
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarning yagona maketlarini yaratish;
yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertiza qilish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha xulosa berish;
o‘quv reja, dasturlar, yaratilgan darslik va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlariga rahbarlik qilish.
Xalq ta’limi vazirligi uch oy muddatda Respublika ta’lim markazi faoliyatiga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
- Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o‘rganib chiqsin;
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
- Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirsin;
xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritsin;
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy qilsin;
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirsin.
- A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) sifatida qayta tashkil etilsin.
- Belgilansinki, Institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Xalq ta’limi vazirligi:
2021-yil 1-fevralga qadar Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga hamda ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim tashkilotlari hamda hududiy markazlarning pedagog kadrlar malakasini oshirish o‘quv rejalariga sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv modullarini kiritsin.
- Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘balari negizida belgilangan shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilsin.
Markazlarning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
o‘quvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
o‘smirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish, suitsidal holatlarga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish;
xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;
maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlantirish, xalq ta’limi xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini o‘rganish.
- Belgilansinki:
Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga ehtiyojga qarab umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi tajribali psixologlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi;
Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlarining faoliyati Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
2021/2022 o‘quv yilida psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda psixologiya sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishda, ularni ish beruvchilarning talablariga moslashtirishda ko‘maklashsin.
Xalq ta’limi vazirligi pedagog kadrlar malakasini oshirishda bolalar psixologiyasi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazsin va mazkur jarayonga malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin.
- 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinsin, unga muvofiq:
test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi;
test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi;
abituriyentlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o‘quv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida o‘tkaziladi.
- Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
2021-yil 1-martga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va metodistlari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, ushbu lavozimlarda mehnat qiladigan xodimlarga qo‘yiladigan talablar va ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlasin;
2021-yil 1-aprelga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va metodistlari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari lavozimlarini yangi talablarga mos keladigan, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
- 2021-yil 1-yanvardan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etilsin.
Quyidagilar Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalarining manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yilda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablag‘lar;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
tuman (shahar) xalq ta’limi tasarrufidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari (homiylik xayriyalaridan tashqari), shu jumladan bo‘sh turgan bino va yerlarini ijaraga berish hisobidan tushgan tushumlardan 3 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
umumta’lim muassasalarning direktor jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larning 5 foizi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, jumladan metodistlari hamda umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
- Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda optik tolali yuqori tezlikdagi Internet liniyalari olib borilgan umumta’lim muassasalarining ichki lokal uskunalarini o‘rnatish, yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini joriy qilish, uni boshqarish, kontent yaratish va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari umumta’lim muassasalarining Internetdan foydalanish xizmatlari uchun xarajatlarni o‘z vaqtida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishini ta’minlasin.
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
professional ta’limning ta’lim dasturlari va o‘qitish materiallari to‘plamlarini mehnat bozorining talablari, tarmoq malaka ramkalari va professional standartlar asosida ish beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqsin va tizimli ravishda takomillashtirib borsin;
kasb-hunar maktablarini hududlar bo‘yicha joylashuvi hamda tayyorlanadigan ishchi kasblardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish uchun ish beruvchilarga biriktirsin;
professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning metodik ta’minotini mustahkamlash, ularni yangi ta’lim resurslari bilan ta’minlab borish imkoniyatini beradigan alohida elektron platformani ishlab chiqsin va ta’lim dasturlari, o‘qitish materiallari hamda boshqa uslubiy qo‘llanmalardan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini yaratsin;
professional ta’lim muassasalari guruh rahbarlarini tayyorlash uchun o‘quvchilar bilan ishlash, ular psixologiyasini o‘rganish va metodik ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
rivojlangan davlatlarning IT-texnologiyalari, robototexnika, qurilish, turizm, transport, energetika va boshqa sohalar bo‘yicha yetakchi professional ta’lim muassasalari filiallarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin;
professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida professional ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun ixtiyoriy ravishda o‘zlashtiriladigan pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin;
pedagogik tayyorgarlik modullarining mazmuni va hajmiga quyiladigan talablarni Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishsin;
barcha oliy ta’lim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa qo‘llanmalar raqamli formatga o‘tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlasin hamda ular bo‘yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilsin;
har bir fan kesimida ma’ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar bo‘yicha elektron modullarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
davlat oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy talabalarni jalb etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida ta’lim xorijiy tillarda olib boriladigan guruhlar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rsin;
xorijiy talabalarni davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishni yilda ikki marta semestrning boshida tashkil qilsin.
- Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagilar tavsiya etilsin:
idoralararo ishchi guruhi tuzib, Farmon va mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
ta’lim sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, pedagog xodimlar va olimlarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, Farmon va mazkur qarorning joylarda ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”larini tasdiqlasin.
- Vazirlar Mahkamasi:
2021-yil 1-martga qadar o‘qituvchi va muallimlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
- “O‘zbekkino” Milliy agentligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka to‘g‘ri yetkazish maqsadida o‘qituvchilik kasbini ulug‘lovchi videoroliklar, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlarni ishlab chiqsin, televideniye orqali doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Farmon hamda mazkur qarorning maqsad va vazifalarini, malakali o‘qituvchilar, namunali sinf rahbarlari, maktablar va direktorlarning ijobiy tajribalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
- Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
PQ-4884-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga
ILOVA
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalash-tirish manbai | Ijro uchun mas’ullar |
I. Maktabgacha ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirish, bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish | |||||
1. | 3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 65 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovini 82 foizga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish; davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini oshirish; majburiy bepul maktabga tayyorlov hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish; investitsiya dasturi doirasida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurish, bo‘sh turgan binolarni foydalanishga topshirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish. |
2022-yil yanvar | Davlat budjeti va xususiy sektor mablag‘lari | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish. | Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Chora-tadbirlar rejasida Moodle onlayn ta’lim kurslari negizida pedagoglarni masofadan o‘qitishni tashkil etish, pedagoglar uchun o‘quv material va videoroliklar shaklida ta’lim resurslari bazasini shakllantirishni nazarda tutish. |
2021-yil iyun | Xalqaro tashkilotlar va Davlat budjeti mablag‘lari | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
3. | Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: bolalarning o‘sishi va rivojlanishi, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi monitoringini olib borish uchun axborot tizimlarini joriy etish; maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish maqsadida respublika hu�udlarining urf-odatlari va milliy an’analaridan kelib chiqib amaldagi ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun onlayn platforma yaratish; YUNISEF va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Onlayn bolalar bog‘chasi” dasturi doirasida mashg‘ulotlar majmuini ishlab chiqish; maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimini keng joriy etish; Maktabgacha ta’lim tizimini elektron boshqarish tizimi (EMIS)ning boshqa vazirlik va idoralar bilan o‘zaro integratsiyasini joriy etish. |
2021-2022-yillar | – | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
4. | Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash. | Maktabgacha umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlar bo‘yicha uzluksiz ta’lim konsepsiyasini tasdiqlash.
Konsepsiyada quyidagilarni nazarda tutish: maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim fan dasturlari uzviyligini ta’minlash; ta’lim jarayoniga yangi o‘quv dasturlari va rejalarini j?riy etish. |
2021-yil dekabr | – | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
5. | Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish; xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; bolaning jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishi uchun muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish. |
2021-yil aprel | – | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
6. | Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning ota-onasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar uchun konsilium markazlarini tashkil etish; konsilium markazlari tarkibida “Yosh onalar maktabi”, “Buvijonlar maktabi”, “Yosh otalar maktabi” faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish; “Eng ibratli oila”, “Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish. |
2021-yil sentyabr | – | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
II. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini ko‘tarish va umumta’lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
7. | Maktab direktori faoliyatini 3 yillik dastur asosida olib borishi va yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot berishi tartibini belgilash. | O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar va kiritish.
Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: maktab faoliyatini tashkil etishda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining vakolatlarini belgilash; maktab direktorining hisobotini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish; maktab direktorini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish masalalarini ko‘rib chiqish. |
2021-yil may | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
8. | O‘zbek tili grammatikasini o‘qitishni isloh qilish hamda milliy ruhiyatga mos bo‘lgan ona tilini o‘qitishning yangi metodikasini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
– | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) | |
ona tili fanidan grammatik tushunchalarni soddalashtirish va takomillashtirish; | 2021-yil mart | ||||
ona tili fanidan imlo qoida�arini qayta ko‘rib chiqish; | 2021-yil may | ||||
boshlang‘ich sinflarda yozish va o‘qish ko‘nikmalarini uyg‘unlikda shakllantirish maqsadida ona tili va o‘qish fanlarini yagona darslik asosida o‘qitib borish;
5 — 11-sinflarda ona tili va adabiyot faniga nutq madaniyati va notiqlik san’ati mavzularini kiritish. |
Nashr rejasiga asosan | ||||
9. | Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish. | Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.
Chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish: aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bog‘lash; o‘qituvchilar uchun zamonaviy metodik qo‘llanmalar yaratish; o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish; tabiiy fanlarni o‘qitishdagi xalqaro tajribani o‘rganish asosida ta’lim jarayonini spiralsimon yo‘nalishda olib borish; magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish; pedagogika yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarning amaliyot soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlarda joylashgan ta’lim muassasalarida o‘tishini ta’minlash. |
2021/2022 o‘quv yili | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) |
10. | Umumta’lim maktablarida darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinov asosida hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimini yaratish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: darslik va o‘quv-metodik majmualarni ekspertizadan o‘tkazish; ekspertiza qilish va taqriz berish jarayonida ishtirok etuvchi ekspertlar va taqrizchilar guruhl�rini shakllantirish va ularga haq to‘lash; ushbu jarayonga chet ellik mutaxassislarni jalb etishni nazarda tutish. |
2021-yil aprel | Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
11. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining o‘qishini kelgusida ixtisoslashtirilgan sinflarda davom ettirish maqsadida ularni saralab olish tizimini joriy etish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Qarorda: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash natijalari asosida ularni ixtisoslashgan sinflarda o‘qitishni davom ettirish tizimini joriy etish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarini fanlar bo‘yicha saralash va yo‘naltirish tartibini tasdiqlash; fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzish va uning vazifalarini belgilash; fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish va ularni chetlashtirish tartiblarini belgilash. |
2021-yil mart | Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova) |
12. | Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabining amaliy tajribasi, metodik va metodologik boshqaruv usullarini hududlarda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan matematika maktablarining ta’lim jarayoniga tatbiq etish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: ixtisoslashtirilgan matematika maktablari o‘qituvchilarini Xalqaro matematika maktabiga stajirovkaga yuborish; Xalqaro matematika maktabining mahoratli o‘qituvchilari tomonidan ixtisoslashtirilgan matematika �aktablarida mahorat darslarini o‘tkazish; Xalqaro matematika maktabi tajribasini ommalashtirish maqsadida direktorlar malaka oshirish kurslarida mazkur maktabning boshqaruv metodikasini keng yoritish, shu jumladan metodik qo‘llanmalar va videofilmlar yaratish ta’minlanadi. |
2021-yil sentyabr | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (A. Umarov) |
13. | Uzluksiz ta’lim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: uzluksiz ta’lim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasini tasdiqlash; ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5-sinfdan, maktab-internat va ijod maktablarida 7-sinfdan boshlab o‘quv rejadagi ba’zi fanlarni tillar, jumladan chet tillariga o‘tkazish hisobidan 2 va undan ortiq chet tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil oktyabr | – | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) |
14. | Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda buyuk ajdodlarimiz asarlaridan foydalanish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya �azirligi (T. Ishmetov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) | |
10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklarni yaratishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalanish; | 2021-yil avgust | ||||
1 — 9-sinflar uchun yaratilgan “Tarbiya” fani darsligini davriylik asosida qayta nashr etishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalangan holda to‘ldirib borish. | Alohida reja bo‘yicha | ||||
15. | O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va respublika psixologik-pedagogik tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarga asoslangan �asb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish; inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar va pedagogik xodimlarga ijtimoiy-psixologik xizmatlar ko‘rsatish orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o‘quv muhitini yaratish; xalq ta’limi tizimining quyi boshqaruv organlari va ta’lim muassasalarida Markaz yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan metodist-xodimlar, psixologlar, o‘qituvchi-logopedlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish; ta’lim muassasalari psixologlariga malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini soddalashtirish va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish. |
2021-yil yanvar | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
16. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga bir vaqtning o‘zida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari maqomini berish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlarini maqomiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining maslahatchisiga tenglashtirish. |
2021-yil yanvar | – | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
17. | Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlarini xizmat avtotransport vositalari bilan ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari soniga mutanosib ravishda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi shaxsan biriktirilgan xizmat avtotransport vositalarning cheklangan sonini oshirish; |
2021-yil may | – | Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
Xalq ta’limi vazirligining hisob-kitoblariga asosan xizmat avtotransport vositalariga “haydovchi” shtat birliklarini ajratish; | Mahalliy budjetlar | ||||
Xalq ta’limi vazirligi tizimida xizmat avtotransport vositalarning cheklangan soni oshirilishi hisobiga qo‘shimcha belgilangan yo‘l bosish yillik limiti normalaridan kelib chiqib yoqilg‘i mahsulotlarini ajratish; | Mahalliy budjetlar | ||||
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga 1(bir) dona “Neksiya-3” rusumli yengil xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish. | Mahalliy budjet daromadlarining rejasidan orttirilgan qismi | ||||
18. | Yangi umumta’lim muassasalari qurilishi uchun joy belgilash va yer maydonlarining ajratilishida hududlardagi aholi uy-joylari qurilishi va infratuzilmaning rivojlanishlarini inobatga olish hamda yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining xulosalarini olishni qat’iy belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar.
Bunda: yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining xulosalari olinishini ta’minlash; yangi hudud va massivlarda qurilayotgan yangi ko‘p qavatli binolar qurilishida ularga mutanosib ravishda yangi o‘q�vchi o‘rnini yaratish, jumladan har bir xonadon hisobidan kamida 1,5 yangi o‘quvchi o‘rni yaratilishini ta’minlash; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi “Injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan buyurtmachi vazifasini amalga oshirish va qurilish ishlari sifatli bajarilishi ustidan nazorat olib borishga amaliy yordam ko‘rsatish. |
Doimiy | – | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar (shahar va tuman) hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
19. | Xalq ta’limi muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
Mahalliy budjet, homiylik va grant mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) | |
xalq ta’limi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanganligi, atrofi to‘liq o‘ralganligi, hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufet), faollar zali va sport zali mavjudligi bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish; | 2021-yil yanvar | ||||
viloyatdagi mavjud maktab filiallarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, birinchi navbatda loy-paxsa, xom g‘ishtdan qurilgan filiallarni qaytadan | 2021-yil fevral | ||||
qurish, qolganlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish natijasida ushbu filiallarni to‘laqonli maktabga aylantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish; | |||||
xatlov natijasiga ko‘ra barcha xalq ta’limi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash, atrofini to‘liq o‘rash, | 2021 — 2023-yillar | ||||
hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan holatga keltirish, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan ta’minlash uchun 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan uch yillik hududiy dasturlar ishlab chiqib, Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan xolda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; | |||||
tasdiqlangan dastur asosida Manzilli ro‘yxatiga tushgan maktablar uchun yillik xarajatlar smetasida mahalliy budjetdan yetarli mablag‘larni ajratish; | 2021 — 2023-yillar | ||||
tasdiqlangan dasturga kiritilgan umumta’lim maktablarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash, atrofini to‘liq o‘rash, hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan to‘liq ta’minlash, hamda filiallar masalalarini to‘la-to‘kis hal qilish choralarini ko‘rish. | 2021 — 2023-yillar | ||||
20. | Umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi maktablari, akademik litseylar o‘quvchilarini tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlari.
Bunda: umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi maktablari, akademik litseylar o‘quvchilarini tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish; xatlov natijalariga ko‘ra o‘quvchilarini tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish tartibini buzganlikda aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish. |
2021-yil mart | – | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Xalq ta’limi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga yuqori malakali xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish. | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar va kiritish.
Qonun loyihasida jalb etilayotgan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, turar joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishi uchun to‘lanadigan bojlardan ozod qilishni nazarda tutish. Xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olmasdan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlash huquqini berish. |
2021-yil may | – | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
22. | Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash. | Qo‘shma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: turli nominatsiyalardan iborat “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi nizomi, dasturi va rejasini tasdiqlash; “Islohotlar bilimdoni” mavzusi ostida “Yilning eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi guruh murabbiysi”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyalari bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. |
2021-yil yanvar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madj�dov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov) |
23. | Ajdodlarimiz, olim va ulamolarimizning betakror hamda noyob ilmiy-ma’naviy merosini yosh avlodga sodda, tushunarli va qiziqarli shakllarda yetkazish. | Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy asoslari haqida ilmiy-ommabop asarlar, ijtimoiy roliklar va hujjatli filmlarni yaratish; birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davri allomalarining buyuk kashfiyotlari, ilmiy jihatdan asoslab berilgan ta’limotlari mohiyatini ixcham risolalarda aks ettirish orqali keng aholi orasida targ‘ib etish; telekanallarda “Ajdodlar merosi — kuch-quvvat va ilhom manbai” nomli turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash. |
2020-yil dekabr | – | Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
24. | Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qo‘llash chora-tadbirlarini amalga oshirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: buyuk mutafakkirlarning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosiga oid asarlarning davriyligi va tematikasi bo‘yicha ro‘yxatini tasdiqlash; noyob asar va qo‘lyozmalarni o‘rganish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda bu sohada salohiyatli yosh kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish; asar va qo‘lyozmalarni keng qamrovli o‘rganish, tahlil qilish va chop etish, keng ommaga yetkazish mexanizmi va metodikasini ishlab chiqish; o‘rganilgan materiallarni amalda qo‘llash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2021-yil mart | Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Ahmedov) |
25. | Umumta’lim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Qarorda 2021-yil 1-apreldan boshlab umumta’lim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining ish haqi miqdorini umumta’lim maktabining oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirishni nazarda tutish. |
2021-yil mart | Davlat budjeti mablag‘lari | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy tarraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
III. Iqtidorli o‘quvchilarni saralash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish | |||||
26. | Xalq ta’limi tizimining hududiy boshqaruv organlari sifat tarkibini qayta qo‘rib chiqish va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish. | Qo‘shma qarorni qabul qilish.
Bunda: Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqaruv organlariga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish; 2021-yil 1-iyunga qadar Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini baholashni amalga oshirish; baholash natijalariga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi asosida yuqori malakali nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilishni ta’minlash. |
2021-yil 10-yanvar | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
27. | Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi fan olimpiadalari va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti faoliyatini takomillashtirish. | Xalq ta’limi vazirining buyrug‘ini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda: |
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) | ||
iqtidorli o‘quvchilarni saralash (seleksiya) tizimini takomillashtirish maqsadida Ixtisoslashgan maktablar istiqbolini belgilash bo‘limini tashkil etish; | 2020-yil dekabr | ||||
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan xolda milliy va xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil yanvar | ||||
28. | Maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish. | Vazirlik buyrug‘ini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda: “Zakovat”, “Breyn ring”, “Xamsa” kabi intellektual o‘yinlar bo‘yicha “Vazir kubogi”, “Hokim kubogi” tadbirlarini tashkil etish; “zakovat.tv” platformasi orqali maktablar o‘rtasida intellektual musobaqalarni tashkil etish. |
2020/2021 o‘quv yili | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
29. | Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
Sertifikatsiya jarayonlarida ishtirok etadigan talabgorlardan undiriladigan to‘lov | Davlat test markazi (M. Karimov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) | |
fanlar bo‘yicha testlarni joriy etish bo‘yicha aniq reja-grafikni tasdiqlash; | 2020-yil 10-noyabr | ||||
soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi pedagoglarni jalb qilgan holda nazorat materiallarini yaratish. | Reja-grafikka asosan | ||||
30. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish; matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha olimlar, tajribali trener-o‘qituvchilar, respublika va xalqaro olimpiada g‘oliblaridan iborat maslahat kengashlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish; xalqaro fan olimpiadalarida qatnashuvchi terma jamoa a’zolarining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar va trener o‘qituvchilarga ovqatlanish, yotoqxona hamda o‘quv mashg‘ulotlari uchun zarur shart sharoitlarga ega bo‘lgan. Iqtidorli yoshlar markazini tashkil etish. |
2021-yil mart | – | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
31. | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyatini takomillashtirish. | Chora tadbirlar dasturi.
Bunda: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilimini monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish; ijod maktablarida o‘quvchilarning qiziqishiga oid yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish; ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish; ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari uchun zamonaviy maktabni boshqarishga oid yagona malaka talablarini ishlab chiqish; ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini sohaga oid gazeta va jurnallarda tizimli ravishda chop etib borish. |
2020/2021 o‘quv yili | – | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
32. | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash hamda o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish. | Qo‘shma qaror loyihasi.
Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash tartibini; ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika, kimyo va biologiya fani o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilash. |
2021-yil yanvar | – | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (H. Umarova), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi, (R. Davletov) |
33. | Ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturini tasdiqlash; respublika hududlarida 33 ta yangi ijod maktablariga Investitsiya dasturi doirasida zamonaviy bino va inshootlar qurish uchun yer ajratish; ijod maktablarini qurish bo‘yicha yagona namunaviy loyihalarini ishlab chiqish; ijod maktablarining ixtisoslik yo‘nalishlarini kengaytirish. |
2021-yil mart | Davlat budjeti mablag‘lari | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov) |
34. | O‘quvchilarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbus doirasida axborot texnologiyalari to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni zarur vosita va jihozlar bilan to‘liq ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda, Eksimbank (Janubiy Koreya) kredit mablag‘larining iqtisod qilingan 8,3 mln AQSh doll. mablag‘i hisobidan 720 ta umumta’lim muassasalarini kompyuter sinfi to‘plamlari bilan ta’minlash. |
2021-yil davomida | Mahalliy budjet va grant mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va ?oshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
IV. Oliy va professional ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirish | |||||
35. | Xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, professional ta’limning mazmuni va sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish. | Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Bunda: Oliy va professional ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini Ta’limning Xalqaro Standart Klassifikatori asosida xatlovdan o‘tkazish hamda mutanosiblikni ta’minlash; tarmoqlarning malaka ramkalari darajalariga to‘g‘ri keladigan kasb va lavozimlarning ro‘yxatini shakllantirish. |
2021-yil avgust | – | Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
36. | Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni nazarda tutish. |
2021-yil iyun | Professional ta’lim muassasalariga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
37. | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha barcha litseylarga tayanch sifatida belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo va biologiya sohasidagi tajribasini inobatga olgan holda, fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha barcha akademik litseylarga tayanch sifatida belgilash. Chora-tadbirlar dasturi. Bunda: Akademik litseylarning kimyo va biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni tizimli ravishda fan olimpiadalariga tayyorlash Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini zamonaviy kimyo va biologiya laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. |
2020-yil dekabr | Oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida akademik litseylar mavjud oliy ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
38. | Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘lamini kengaytirish. | Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli loyihalarni ko‘paytirish; yoshlarni ilmiy loyihalarga jalb qilish tartibini belgilash; 2021-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan loyihalar sonini oshirish; talabalar ilmiy jamoalarini yagona ilmiy portalga birlashtirish orqali Respublika talabalar ilmiy maktablarining raqamli platformasini yaratish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy daraja berish Kengashlarini tashkil qilish. |
2021-yil yanvar | Davl?t budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun a�ratiladigan mablag‘lar, xalqaro grantlar va oliy ta’lim muassasalarining mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
39. | Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: oliy ta’lim muassasalarida ilmiy laboratoriyalardan jamoaviy foydalanishni tartibga solish; ilmiy laboratoriya to‘plamlarini xarid qilish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy ilmiy laboratoriya to‘plamlari bilan ta’minlash darajasini yaxshilash; Andijon davlat universitetida kimyo, biologiya va fizika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy fan yutuqlari asosida olib borish uchun “Ekologiya va eksperimental biologiya” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish. |
2021-yil avgust | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
40. | Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
Oliy ta’lim muassasalarning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar | |
reyting tizimida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish, hududlar kesimida joylashgan ish beruvchi korxonalar takliflarini inobatga olgan holda malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqish va tasdiqlash; | 2021-yil avgust | ||||
ma’nan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan darslik va o‘quv adabiyotlarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish; | 2020-yil noyabr | ||||
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida mavjud darslik va o‘quv adabiyotlarini xatlovdan o‘tkazish; | 2020-yil noyabr-dekabr | ||||
kredit-modul tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturlari asosida zarur o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash; | 2020-yil noyabr-dekabr | ||||
xorij tajribasidan kelib chiqib, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish. | 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich | ||||
41. | Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: tibbiyot oliy ta’lim muassasalari yuqori kurs talabalari mashg‘ulotlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan xususiy tibbiy muassasalarda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish; tibbiyot oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalariga o‘quv ishlari prorektori va fakultet dekanlari tavsiyasiga asosan 4-kursdan boshlab davlat tibbiy muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida kechki navbatchilikda ishlashga ruxsat berish. |
2021-yil yanvardan boshlab | – | Sog‘liqni saqla� vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
42. | Oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda: |
Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar | |
“Raqamli universitet” axborot tizimini ishlab chiqish orqali o‘quv va ilmiy jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish; | 2021-yil fevral | ||||
oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladigan mutaxassislik fanlari dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari takliflarini inobatga olib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohada qo‘llash bo‘yicha mavzular bilan boyitish; | 2021-yil avgust | ||||
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. | 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab | ||||
43. | Oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ichki startap tanlovlarini tashkil etish. | Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.
Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: oliy ta’lim muassasalarida startap loyihalar tanlovini tashkil etish, o‘tkazish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqish; startap loyihalar tanlovlarini har yili o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish; Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi va oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan tanlov g‘oliblari loyihalarini moliyalashtirish. |
2021-yil mart | Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
44. | Yoshlar akademiyasi texnoparklarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor bo‘lgan sohalar bo‘yicha startap akseleratorlar va muammoning yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi.
Bunda: yoshlar texnoparklarida startap akseleratorlar va har bir hudud muammolarining yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish tartibini ishlab chiqish; hududlardagi iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda startap akseleratorlar va “xakaton”larni tashkil etish; “xakaton”lar natijasida g‘olib deb topilgan takliflarni ishlanmaga yo‘naltirish; “xakaton”larda g‘olib deb topilgan va startap akseleratorlarga o‘tgan loyihalarni moliyalashtirish. |
2021-yil may | Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari, homiylik xayriyalari | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 07/20/4884/1484-son; 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)