Yangiliklar

⚡️Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2023-yil uchun oliy taʼlimdan keyin taʼlim instituti qabul kvotalarining ixtisosliklar kesimida taqsimoti.

📌 Batafsil: Bu yerda👈👈👈

📲BuxPXTi rasmiy sahifalariga obuna boʻling va doʻstlarga ham ulashing:
Instgram
YouTube
Web-sayt
Facebook

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida konstitutsiyaning yangi tahririga bag’ishlangan ,,Konstitutsiya bizniki‘‘ deb nomlangan davra suhbati bo’lib o’tdi

 

 

 

 

📌 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida «KONSTITUTSIYA OʻZIMIZNIKI» shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.

⚡️ Biz o‘z taqdirimizga #befarq_emasmiz. Siz ham befarq bo‘lmang!

 

 

 

 

Joriy yilning 5-aprel sanasida Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2-22 XTA guruhi talabalari bilan darsdan so‘ng madaniy hordiq chiqarish maqsadida ,,Somoniylar»istirohat bog’ida sayohat amalga oshirildi.
Tyutor Sharopov Jamshid Dilmurodovich

 

 

 

 

Joriy yilning 3-aprel sanasida Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2-22 MBTXT guruh talabalarining darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida istirohat bog’ida sayohat amalga oshirildi
Talabalar har xil ko’ngilochar atraksionlarda uchib,mazza qilib dam olishdi.
Tyutor Sharopov Jamshid Dilmurodovich

 

 

 

 

📌 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida «Mening konstitutsiyam» shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot loyihasi o‘tkazildi.

⚡️ Biz o‘z taqdirimizga #befarqmasmiz. Siz ham befarq bo‘lmang!

 

 

 

 

#Ozmaqsadlaringnibil

Joriy yilning 28-mart kuni Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining 1-22 xta guruhida fakultet dekani Haydarov L.R. va Ma’naviyat bo’limini boshlig’i Sharopov J.D yaqin kunlarda respublika miqyosida o’tkaziladigan konstitutsiyaning yangi tahrirga o’tkazilishi yuzasidan bo‘ladiga umumxalq referendumi ahamiyati, kiritilgan yangi qo’shimchalar haqida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida Navro‘z bayrami mubosabati bilan «Xush kelding, Navro‘z!!!» Nomi ostida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tti, bayramda katta to‘kin-sochin dasturxonlar tortilib, halisa pishirildi. Barcha talabalar va uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar bayram dasturxonlaridan va kayfiyatni ko‘taruvchi ajoyib musiqiy o‘yin kulgu raqslardan bahramand bo‘lishdi.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida kirib kelayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan institutimiz talabalari ishtirokida tuzaladigan bayram dasturxoniga tortish maqsadida halisa tayyorlanmoqda.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan an‘anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Sport musobaqalarining Mini Futbol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha final bosqich bahslari o‘tkazildi. Ushbu har ikkala sport turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ertaga 17-mart kuni bayram tadbirida Institut rektori tomonidan g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 

 

 

 

⭐️2023-yil 14-martda Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 21-mart Umumxalq Navro’z bayrami munosabati bilan sport o’yinlari stol tennisi mini futbol bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Sport musobaqalarini institutimiz Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sharopov Jamshid Dilmurodovich, va Ichki nazorat bo’limi boshlig’i Barotov Xumoyun Sharipovich ochib berdilar. Ishtirokchilarni 1 tur bahslariga start berildi.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti atrofida yangi o‘quv binosi qurilmoqda. Ushbu o‘kuv binomiz institutga qushimcha 150 talabani o‘qitish imkoniyatini yaratadi o‘quv xonalari albatta zamon talablariga mos va shinam bo‘ladi.

 

 

 

Iqtidorli va izlanuvchan talabalarni bilimga bo’lgan qiziqishlari va intilishlarini oshirish maqsadida Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida talabalarni muntazam rag’batlantirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shulardan biri 2023- yilning yangi o’quv semestri avvalida institutimiz rektori tomonidan bilimli talabalarimizga mutaxassislik fanlaridan asosiy o’quv adabiyotlari bilan ta’minlandilar. Bu albatta ularning bilimli va yurt kelajagi uchun munosib kadr bo’lib yetishishida o’z hissasini qo’shishi tabiiy va albatta ularga kelgusi o’quv ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutiga 2022 yilning 29-dekabrida berilgan taʼlim yoʻnalishlari kengaytirilgan yangi litsenziya asosida joriy oʻquv yili uchun yangi yangi qabul jarayonlari boshlab yuborildi. yangi ochilgan taʼlim yoʻnalishida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar 2023 yilning 14-yanvar kuni institut binosida tashkil etilgan shaffof va haqqoniylik taʼminlangan imtihon jarayonlarida ishtirok etib oʻz bilimlarini sinab koʻrdilar. Talabalik baxtiga sazovor boʻlgan abituriyentlar shu kunning oʻzidayoq shartnomalarini olib faollar zalida tashkil etilgan taʼlim jarayoni, kredit-modul tizimi va HEMIS platformasi haqida tushunchaga ega boʻldilar. 2023-yilning 23- yanvaridan boshlab esa ushbu talabalarga Kredit-modul tizimiga kirish hamda Oliy taʼlim bilan tanishtiruv va mutaxassislik fanlaridan dastlabki kirish darslari boshlab yuborildi.

 

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2022-2023 o’quv yilining qishki semestrini muvaffaqiyatli yakunlaganligimiz munosabati bilan Institut rahbariyat tomonidan e’lon qilingan tanlovda yuqori o’rinlarni qayd etgan guruhlar, ularning sardorlari, guruh rahbarlari yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda moddiy pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Xususan barcha fanlardan imtihonlarni (82 foiz ko’rsatkich) muvaffaqiyatli yakunlagan Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 1-bosqich 2-22 XTA guruh faxrli birinchi o’rinni olganligi munosabati bilan Institut rektorimiz tomonidan 1.000.000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlandilar 2-o’rinni esa 79 foiz ko’rsatkich bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til yo’nalishi 1-22 MBTXT guruhi qo’lga kiritdi. Guruh sardori, guruh rahbari va guruh a’zolari ham pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 3- o’rinni 76 foiz bilan Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich 1-21 AP guruh talabalari qo’lga kiritdi. Guruh sardori, guruh rahbari hamda guruh talabalari ham rektorimiz tomonidan mul mukofoti hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-2023 o’quv yili uchun qishki semestr jarayonlari tugayotgani va qishki semestr fanlaridan talabalar bilimini haqqoniy va odilona baholash maqsadida yakuniy imtihonlar kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshirildi. Imtihon jarayoni fakultet dekani va kafedra mudirlari nazorati ostida amalga oshirildi va bu imtihonni sof, shaffof hamda xolisona o’tishiga, shuningdek talabalarda yakuniy imtihonni maxsus kompyuter dasturlari asosida topshirish ko’nikma va malakalarini shakllanishiga xizmat qildi. Istitut rahbariyati tomonidan qishki semestrni 1-bo’lib muvaffaqiyatli yakunlagan guruhga moddiy rag’batlantirish joriy etilganligi ham talabalarga imtihon jarayonlariga jiddiy tayyorlanish va yuqori baho olish uchun turtki vazifasini bajarishga xizmat qildi.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutda 9-dekabr kuni «Yetti pir» larni ziyorat institut hisobidan tashkil etildi. Talabalar Xo’ja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xo’ja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xo’ja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xo’ja Ali Romitoniy, Xo’ja Muxammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Hazrati Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohlarini ziyorat qilib, ular haqlarida duolar o’qishdi. Talabalar yetti pirlar bosib o’tgan yo’llari ularning qilgan yaxshiliklari haqida tanishib o’zlarida xulosa chiqarishdi.

 

 

 

 

Buxoro psixologoya va xorijiy tillar institutida 6-dekabr kuni xorijiy til yo’nalish talabari, xorijiy til kuniga atab katta tadbir o’tkazishdi. Tadbir boshlanishida talabar institut haqida va o’zlari haqlarida xorijiy tillarda tanishtirib o’tishdi. Tadbirning 2-qismida ishtirokchi talabalar har xil raqslar, QVZ hamda saxna ko’rinishlar namoyish etishdi.

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institut 30.11.2022 kuni Buxoro viloyat Kogon tuman Davlat xizmatlar agentligi boshlig’i Muyassarov Olim boshchiligida bir guruh xodimlar institut talabarini Mobil-ID tizimidan ro’yxatdan o’tkazishdi. Bunda talabalardan barmoq izlari, rasmlari va elektron imzolari yordamida ro’yxatga olindi. Bunda talabalar istagan holda qo’l telefonlari orqali bir qancha davlat xizmatlarini amalga oshirishlari mumkin.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 29.11.2022 kuni Psixologlar kuni munosabati bilan, institutda 1 kurs psixologlar hamda 2 kurs psixologlar 4 bosqichdan iborat shartlar asosida o’zaro bellashishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir shart 5 ballik mezonda baholanib borildi. Har ikkala jamoa Itellekt (2-kurs psixologlar) va Yosh psixologlar (1-kurs psixologlar) har bir shartda faol ishtirok etdilar. Umumiy hisobda Intellekt hamda Yosh psixologlar 93-93 bal to’plab durang natija qayd etishdi. Tadbir yakunida faol va yaqqol ajralib turgan ishtirokchilar institut rektori tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Institutda talabalarga o’tkaziladigan dars mashg’ulotlari institut rektori psixologiya fanlar doktori, professor Sh.Baratov tomonidan muntazam ravishda tekshirilib, dars sifati o’rganilmoqda.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-yil 25-noyabr kuni F.F.F.D Dotsent Raxmatova mehriniso Musinovna boshchiligida 1-bosqich talabalari bilan «Mustaqil ta`lim ko’nikmalari» fanidan «Smart Goals» mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Talabalarning o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi juda muhimligi, maqsadlarning tuzilishi, orzu tushunchasidan farq qilishi tushintirildi. Talabalar o’z maqsadlarini SMART maqsadlarga aylantirishda kerakli strategiyalarni o’rganib olishdi. Dars kommunikativ yondashuv asosida CLIL metodiga asoslanib olib borildi.

 

 

 

 

Talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-yil 24-noyabr kuni «Zukko bilimdon» musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada 1-bosqich talabalari o’zaro kuch sinashdi. Talabalar mutaxassislik fanlari boʻyicha test sinovlari koʻrinishida bellashdilar. Belashuv yakunida guruhlar kesimida gʻoliblar aniqlandi.

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti binosi oldida. 320 o’ringa mo’ljallangan yotoqxona qurilish ishlari olib borilmoqda. Yotoqxonaning umumiy maydoni: 20 so’tiq
Ushbu yotoqxonada talabalarimiz uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etish asosiy rejalarimizdan iborat.
Jumladan:
— Wi-Fi internet tarmogi (100 mb/s);
— Kuzatuv kameralari;
— Talabalar kutubxonasi;
— Yigitlar va qizlar uchun alohida- oshxona;
— Yigitlar va qizlar uchun alohida yashash binosi va yuvinish joyi;
— Zamonaviy mebellar bilan.
Shuningdek yotoqxona issiqlik manbai bilan to’liq ta’minlangan va har bir xonada konditsioner hamda smart televizorlar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
Yotoqxona 2023-yilning yilning Yanvar-Fevral oyida ishga tushishi kutilmoqda.
Talabalarning xavsizligi yuqorida darajada tashkil etiladi.

 

 

 

 

Talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-yil 22-noyabr kuni «Zakovat Quiz» musobaqasi o’tkazildi. Musobaqa davomida bilimga chanqoq bilimdon talabalar o’zaro o’z bilimlarini kuch sinashdilar. Qizg’in raqobat ostida o‘tgan o‘yinda kuchli beshlikdan quyidagi jamoalar o‘rin oldi.
🥇 1-o’rin «Intelekt» jamoasi
🥈 2-o’rin «Feniks» jamoasi
🥉 3-o’rin «Liderlar» jamoasi

 

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti ma`muriyati va talabalarni siz aziz psixologlarni 22-noyabr — Xalqaro psixologlar bayrami bilan chin qalbidan muborakbod etadi.

 

 

 

 

18-noyabr O’zbekiston respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kuni munosabati bilan Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida ajoyib bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti rektori, psixologiya fanlari doktori, professor Sh.R.Barotov ochib berdilar. Ustoz yurtimiz buyuk o’tmishi, zabardast olim-u fuzalolari, rivojlanayotgan buguni va yorqin kelajagi xususida iliq fikrlarni bildirib, bugungi avlod kelajak merosxo’rlari va davomchilari ekanligi, yoshlarga e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan ekanligini ta’kidlab so’zni tadbir mehmoni Buxoro shahar hokimi Nosirov Jamol Shuhratovichga berdilar. Hurmatli mehmon Nosirov Jamol Shuhratovich davlat ramzi-BAYROQ qabul qilinganliging 31 yilligi bilan barchani tabriklab, bu ramz asosida butun millat ruhi aks etayotganligi, bayroq aks ettirgan tom ma’noga to’xtaldilar. Xususan Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. Tadbir yakunlanib, Shahar hokimi ketish chogʻida, Buxoro Psixologiya va xorijiy tillar instituti borasida juda yaxshi ijobiy fikr bildirdi.

 

 

 

 

🗓 2022-yil 10-noyabr kuni
🏢 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida
🏐 talabalar o’rtasida voleybol sport turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.
🤽 Musobaqada 1-2-kurslar XTA, MBTXT va psixolog guruhlar ishtirok etdi.
✅ Musoqa qizg’in va mulohazali o’tdi. O’yin davomida talabalar o’zlarining jismoniy mahoratlarini oshirishdi. Musobaqa natijasiga ko’ra:
🥇1-o’rin bilan 2-kurs XTA guruhi,
🥈2-o’rin bilan 2-kurs MBTXT guruhi,
🥉3-o’rin bilan 1-kurs psixologlar egallashdi.

 

 

 

2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 87-01-936 son koʻrsatmasiga asosan, Buxoro Psixologiya va xorijiy tillar institutining 7-konferensiyalar zali soat 11:00 da Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida suhbat tadbiri oʻtkazildi. Tadbirga Buxoro viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, Buxoro viloyati hokimligi Diniy boshqarma bosh mutaxassisi, O’zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi Buxoro viloyati diniy qo’mitaning eksporti, Buxoro shahar “Sayfitdin Boxarziy jome” imom xatibi kabi mutaxassislari taklif qilindi. Institutimizdan Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti rektori — Sh.Barotov, Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi — F.Niyazov, O’quv ishlari va ilmiy innovatsiyalar bo’yicha prorektor — D.Barotova Psixologiya va xorijiy tillar fakulteti dekani — L.Haydarov, Professor-o‘qituvchilar, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i — M.Nematov, Yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosarlari, Tyutorlar, 150 nafar talaba-yoshlar. Talaba-yoshlarning ilg’or g’oya taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish va ularning muammolarini hal qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi uchrashuv oʻtkazildi.

 

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI

👮‍♀️ 2022-yil 27-oktabr kuni institutning 2-kurs talabalari hamda ichki ishlar organlari inspektor psixologik xodimlar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tti.

🗣 Suhbatda psixologik mutaxassiligini bitirgan talabalar kelgusida ichki ishlar organlariga ishlaydiganlarmi va uning xizmat vazifalari nimalardan iborat degan savollarga xodimlar tomonidan barcha javoblar berildi.

🎫 So’ngra O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy talim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari o’rtasida o’tkazilgan «Oliy talim yetakchilari forumi»da faol ishtiroki uchun Barakayev Xumoyunmirzo Ilxomovich institut xodimlari bo’limi boshlig’i X.Barotov tomonidan tantali ravishda sertifikat bilan taqdirlandi.

 

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI
🚍 2022-yil 22-oktabr kuni
🧳 Institutimiz oʻqituvchilari va talabalar ishtirokida Samarqand boʻylab ziyorat va sayohatlar uyushtirildi,
🌏 Jumladan oʻqituvchilar va talabalar
🕌 Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi,
🕌 Islom Karimov «xoʻja xizir» qabristonida dafn qilingan joyda boʻlib, 1-prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdik.
🛕 Registon maydonida sayohat uyushtirdik,
🗺 «Samarqand city» atrofida sayohat uyushtirdik,
🏦 «Family park» binosini kezdik.
🌏 Barcha oʻqituvchilar va talabalar bu sayohatdan zavq olib, madaniy hordiq chiqardilar.
✨ Sayohat davomida talabalarga Samarqand eng qadimiy tarixi boʻyicha maʼlumotlar berib borilib, ushbu sayohat talabalarga yaxshigina taassurotlar qoldirishdi.

 

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI
🏓 2022-yil 14-oktabr kuni 1-2-kurslar oʻrtasida sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada ishtirok etib, gʻolib boʻlgan 1-2-3-oʻrinni egallagan talabalarga sovgʻalar berildi.
Shu jumladan:
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida:
🥇 1-oʻrin bilan 2-22 XTA guruh talabasi Matonov Ozod
🥈 2-oʻrin bilan 1-21 XTA guruh talabasi Ergashev Jur’at
🥉 3-oʻrin bilan 2-21 AP guruh talabasi Akramov Shaxzod
Qizlar oʻrtasida:
🥇 1-oʻrin bilan 1-21 MBTXT guruh talabasi Toʻxtayeva Durdona
🥈 2-oʻrin bilan 1-21 MBTXT guruh talabasi Otayeva Ruxsora
🥉 3-oʻrin bilan 2-21 AP guruh talabasi Rizoyeva Marjona kabi talabalar sharafli oʻrinlarni egallab gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Kelajakda institutimizda yana shunday qiziqarli sport oʻyinlari tashkil etilishi kutilmoqda.

 

 

 

 

🏢 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti.
1-kurs Magistratura mutaxassisligi 70310901-Psixologiya (Faoliyat turlari boʻyicha) guruhida
👩‍🏫 Psixologiya fanlari doktori dotsent Barotova Dilafruz Sharifovna boshchiligida
👩‍💻 Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyoti (seminar) fanidan qizg’in darslar bo’lib o’tmoqda.
⚜️ Darslarda asosan o’qituvchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanib Magistr talabalariga slaydlar yordamida hamda klasterlardan foydalanib dars tushunchalarini berib boradilar.

 

 

 

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining Xorijiy til yo’nalishi 1-kurs talabalari kelajakda barkamol, iqtidorli hamda yetuk bilimli kadr bo’lib yetishishlari va ilmga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida «IELTS yoki CEFR» darajasi bor talabalar taqdirlandi.

Jumladan:

1) Fayzullayeva Mexrinigor Umidjon qizi — IELTS;

2) G’aybullayeva Sevinch Anvarjonovna – IELTS;

3) Azimova Sevinch Husniddin qizi — CEFR;

4) Ramozonova Gulchiroy Furqat qizi – IELTS;

5) Badriddinova Dilshoda Ixtiyorovna – IELTS;

6) Xudaykulova Jasmina Jamshidovna – IELTS;

7) Axrorov Hidoyatillo Rizvon o’g’li — CEFR;

8) Sharopova Shaxzoda Shuxratovna – IELTS;

9) Halimov Javohirbek Ilyos o’g’li — IELTS kabi talabalar shartnoma to’loviga 1,000,000 (bir million) so’m to’lov imtiyozi huquqini beruvchi sertifikat bilan taqdirlandilar. Bundan keyin ham o’z bilimini oshirib borishlari va ular safi bundan ham kengayishi uchun kelajakda «IELTS yoki CEFR» darajasiga ega bo’ladigan talabalar institut rahbariyati tomonidan xuddi shunday taqdirlanib borishlari aytildi.

 

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI

🥳 Barcha Aziz va mehribon ustozlar, sizlarni 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» bilan, siz ulugʻ ustozlarni Buxoro Psixologiya va Xorijiy tillar instituti rahbariyati va jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

2022-yil 30-sentabr kuni
🥳 «1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan, Talabalarga «Eng Faol talaba», «Eng yaxshi guruh sardorlari» va «Eng yaxshi oʻqituvchi» nomenatsiyasi boʻyicha tashakkurnomalar berildi.

Jumladan ushbu tashakkurnomalar bilan talabalar:

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Xorijiy til va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha «Faol talaba» nomenatsiyasida gʻolib deb topilgan Umurzoqova Sevara Bobir qizi TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi,

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan institutning «Eng yaxshi guruh sardori» nomenatsiyasida gʻolib deb topilgan Otaxonova Ismigul Sherali qizi TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi,

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til mutaxassisligi boʻyicha «Faol talaba» nomenatsiyasida gʻolib deb topilgan Otayeva Ruxsora Botirjon qizi TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi,

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Psixologiya mutaxassisligi boʻyicha «Faol talaba» nomenatsiyasida gʻolib deb topilgan Fozilova Dilnoza Faxriddin qizi TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Jumladan ushbu tashakkurnomalar bilan oʻqituvchilar:

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Haydarov Latifjon Rustamovich TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

⭐️ 1-oktabr «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Orziyev Hayot Hasanovich TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

 

 

 

📚 “Jadidlar” to‘plami Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutiga ham yetib keldi

🔖 “Jadidlar” to‘plami istiqlol yoʻlida jon fido etgan yurtimiz ziyolilari haqidagi kitoblar jamlanmasidir. “Jadidlar” to‘plami institutimizga ham yetib keldi.

📌 Kitoblar O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va shahar Kengashi mas’ullari tomonidan Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti rahbariyati va institut axborot resurs markaziga yetkazildi.

 

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI.
🗓 2022-yilning 19-sentabr kuni 2-bosqich yakuniy imtihonlar natijalari maʼlum boʻldi.
📑 2-bosqich natijalari boʻyicha juda koʻplab abituriyentlar hujjat topshirgan, shulardan talabalikka tavsiya etilganlari ham boʻldi, talabalikka tavsiya etilmaganlari ham boʻldi.
⁉️ Shu kunning oʻzida rektor tomonidan abituriyentlar va ota-onalarning qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

 

 

 

🏢 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti Hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

👨‍🏫 Dastlab, yig‘ilish raisi X.Baratov ma’ruzalari tinglandi. Hay’at a’zolari, kotibiyat va sanoq komissiyasi saylab olindi.

📜 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida bo’lib o’tgan Hisobot-saylov yig’ilishida Boshlang’ich tashkilot tomonidan o’tgan o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglangdi va na’munali deb topildi.

✅ Oliy ta’lim muassasasining yoshlar yetakchisi sifatida delegatlar tomonidan 88% ovoz bilan Barakayev Humoyun Mirzo Ilxomovich saylandi.

📌 Talabalar tomonidan bildirilgan takliflarga Yoshlar yetakchisi tomonidan javob berilib, ma’lumot uchun qabul qilindi.

📝 Yangi o’quv yili uchun mo’ljallangan ish rejasi va Buxoro shahar Konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlarni saylash masalalari ham bir ovozdan ma’qullandi.

 

 

🏢 BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI:

⏰ 2022-yil 15-Sentabr kuni Buxoro Psixologiya va Xorijiy tillar institutida abituriyentlarni qabul qilish imtihonlari oʻtkazildi.

📝Imtihonda jami 90 ta test-savollari boʻlib, test-savollari asosan 5 ta fandan tuzilgan.

👩‍💻 Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida, Imtihon test-savollari kompyuterda oʻtkazilib, test-sinovlarni bajarib boʻlgan abituriyentlarning umumiy natija ballari darhol maʼlum boʻldi.

⚠️ Abituriyentlarning Buxoro Psixologiya va Xorijiy tillar institutida talabalikka tavsiya etilishi yoki tavsiya etilmasligi natijasi 2022-yilning 19-sentabrda maʼlum boʻladi.

 
Menu