PhD va Doktorantura

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023 yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllariga Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʼyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
❗️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʼyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
❗️doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʼyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʼyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tugʼiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi

Menu