Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi


Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i  Kurbanov Baxodir Samatovich

E-mail: baxodir_kurbanov@buxpxti.uz

Telefon: +998997073650

Qabul kunlari: Har kuni 09.00 dan 17.00 gacha

  1. ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

  2. ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

  3. talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

  4. ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

  5. kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

  6. ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

  7. attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  8. ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

  9. ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

  10. professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

  11. o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

  12. ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

  13. talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

  14. Davlat inspektsiyasining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

  15. talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash va boshqa bir qancha vazifalar yuklatilgan.

Menu