1 | Shodmonov Qurbon Badriddinovich | f.f.d., professor |
2 | Rasulov Zubaydullo Izomovich | f.f.n., dosent |
3 | Tursunov Mirzo Maxmudovich | f.f.f.d. (PhD) |
4 | Qobilova Nargisa Sulaymonovna | f.f.f.d. (PhD) |
5 | Raxmatova Mexriniso Musinovna | f.f.f.d. (PhD) |
6 | Obidova Shahodat Botirovna | Assistent-o‘qituvchi |
7 | Bobomurodov Raxmon Qo‘ziyevich | Assistent-o‘qituvchi |
8 | To‘xtayeva Farida Ismatullayevna | Assistent-o‘qituvchi |
9 | Xamdamova Sitora Baxshillayevna | Assistent-o‘qituvchi |
10 | Sobirov Abduqodir Nasirovich | Assistent-o‘qituvchi |
Kogon tumani 2022 yil 10 may
Qatnashdilar: Xorijiy tillar kafedrasi mudiri v.b. M.M.Tursunov, kafedraning 5 nafar a’zosi, magistrantlar
K U N T A R T I B I
Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Shaxodat Obidovaning bakalavr bosqichi, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi, 1-kurs 1-XTA-21 guruh talabalari bilan “Til aspektlari amaliyoti” fanidan “The world around us” mavzusida o‘tkazgan ochiq darsi muhokamasi
Eshitildi:
Kafedra mudiri v.b. M.M.Tursunov so‘zi: Muhtaram kafedra a’zolari, hammangizga ma’lumki, kafedramizning yosh o‘qituvchisi Shaxodat Obidova 1-kurs 1-XTA-21 guruh talabalari bilan “Til aspektlari amaliyoti” fanidan “The world around us” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Kafedraning ko‘pchilik o‘qituvchilari dars tahlillarida bo‘lishdi. Avvalambor, ushbu darsning yutuqlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, o‘qituvchi dars uchun turli xil materiallar tayyorlab kelganligini ta’kidlashimiz mumkin, darsda zamonaviy dars o‘tish texnologiyalaridan ham samarali foydalanildi deb ta’kidlashimiz mumkin. Darsda o‘qituvchi doimiy tarzda talabalarning faolligini saqlab tura oldi. Deyarli barcha talabalar darsda qatnashishganliklarini ham alohida e’tirof etish mumkin. O‘qituvchi darsda talabalar bilan birgalikda yaxshi ijobiy muhitni yarata oldi. Ingliz tili muhiti darsda bor edi. Dars o‘z maqsadiga erishdi, biroq shu bilar birga dars bo‘yicha ba’zi boshqa fikr-mulohazalarni ham bildirib o‘tmoqchi edim. Ushbu dars TAA fanining “Vocabulary” moduli bo‘lganligi uchun dars mavzusiga oid yangi so‘z va iboralar taqdimoti va ularni turli pedagogik texnologiyalar yordamida o‘rganilishi, mashq qilinishi va takrorlanishidan iborat bo‘lishi kerak edi, ushbu darsda ushbu modul talablari to‘liq qamrab olinmadi.
Endi navbat bilan tahlilda bo‘lgan o‘qituvchilarning fikrlarini eshitib, darsni muhokama etishni davom ettiramiz.
O‘qituvchi R.Q.Bobomurodov so‘zi: Shaxodat Obidova 1-kurs 1-XTA-21 guruh talabalari bilan Til aspektlari amaliyoti fanidan “The world around us” mavzusida ochiq dars o‘tkazdilar va dars umuman olganda qiziqarli bo‘lganligini ta’kidlab o‘tish zarur, talabalar darsda faol qatnashishdi, o‘qituvchi darsga yaxshi tayyorlangan, nutqi ravon, menga bu dars ma’qul bo‘ldi. Faqat ba’zi joylarda o‘qituvchi mashq vazifasini to‘liq va aniq tushuntira olmadi shekilli, talabalar shartni yana bir marta so‘rashdi. Darsda ilg‘or ped.texnologiyalardan keng foydalanilgan. Umuman olganda dars o‘z maqsadiga erishdi va har bir bosqich to‘liq amalga oshirildi.
BuxDU magistranti Z.Jo‘rayeva so‘zi: Darsda o‘qituvchi o‘zini erkin tutdi, talabalar bilan kirishib ketdi. Dars nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ochiq darsda bir necha zamonaviy metodlardan foydalanildi. Dars o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishdi.
Shuningdek, kafedra a’zolari Z.I.Rasulov va N.S.Qobilovalar o‘tkazilgan dars haqidagi fikrlarni bayon etdilar.
QAROR QILINDI:
1. Sh.Obidova tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars tahlilida so‘zga chiqqan o‘qituvchilar fikrlari inobatga olinsin va dars qoniqarli o‘tkazildi deb topilsin.



