Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2022-2023 o’quv yilining qishki semestrini muvaffaqiyatli yakunlaganligimiz munosabati bilan Institut rahbariyat tomonidan e’lon qilingan tanlovda yuqori o’rinlarni qayd etgan guruhlar, ularning sardorlari, guruh rahbarlari yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda moddiy pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Xususan barcha fanlardan imtihonlarni (82 foiz ko’rsatkich) muvaffaqiyatli yakunlagan Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 1-bosqich 2-22 XTA guruh faxrli birinchi o’rinni olganligi munosabati bilan Institut rektorimiz tomonidan 1.000.000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlandilar 2-o’rinni esa 79 foiz ko’rsatkich bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til yo’nalishi 1-22 MBTXT guruhi qo’lga kiritdi. Guruh sardori, guruh rahbari va guruh a’zolari ham pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 3- o’rinni 76 foiz bilan Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich 1-21 AP guruh talabalari qo’lga kiritdi. Guruh sardori, guruh rahbari hamda guruh talabalari ham rektorimiz tomonidan mul mukofoti hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.